"Barselona" ijrochi direktori Umtiti va Pyanich haqidagi xabarlarni tasdiqladi

  • 27 iyul, 2021, 13:02
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" klubining ijrochi direktori Mateu Alemani himoyachi Samyuel Umtiti va yarim himoyachi Miralem Pyanich transferga qo‘yilganini tasdiqladi.

Tecno

"Barselona"ning barcha futbolchilari o‘zlarining holatlarini tushunishadi. Bu ikki futbolchi murabbiyning fikri va bizning imkoniyatlarimizni biladi. Biz ularning agentlari bilan bilan aloqaga chiqdik va biz ularni qo‘yib yuborishga tayyormiz", - dedi Alemani Football Espana nashriga bergan intervyusida.

"Barsa" ushbu ikki futbolchini moliyaviy qiyinchiliklar sabab sotib yubormoqchi. Chunki ular yuqori maosh olishadi. Bundan tashqari Umtiti va Pyanich jamoa murabbiylar shtabining rejalariga ham kirmaydi.

O‘tgan mavsum Umtiti 16 ta o‘yinda, Pyanich 30 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!