"Barselona" himoyachisi yozda jamoani tark etadi

  • 1 aprel, 2024, 22:58
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" yozgi transferlar oynasi uchun tayyorgarlikni boshlab yuborgan. Klubni tark etuvchilar ro‘yxati shakllanib bormoqda. 

Tecno

Insayder Fabritsio Romano xabar berishicha, Markos Alonso mavsum so‘nggida klubdan ketadi. Uning shartnomasi o‘z yakuniga etib, erkin agentga aylanadi. Tomonlar bunga kelishib olishdi. 2022 yilda "Barselona" safiga kelib qo‘shilgan ispaniyalik himoyachi bilan bitimni yana bir yilga uzaytirishi imkoniyati bor edi, lekin bundan klub foydalanmadi. 

Alonso jamoadagi so‘nggi yilida ko‘p o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotgani yo‘q. Birinchidan Joau Kanselu asosiy tarkib a’zosiga aylanib olgan bo‘lsa, ikkinchidan 33 yoshli futbolchiga jarohatlar maydonga tushishga xalaqit berdi. U barcha chempionatlarda 7 tagina bahsda ishtirok etdi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!