
"Barselona" Garsiya uchun 10 mln evro taklif qilmoqda, "Siti" esa uni 30 milliondan kamiga sotmoqchi emas
“Barselona” va “Manchester Siti” himoyachi Erik Garsiyaning transfer narxi bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.
Kataloniyaliklar o‘z tarbiyalanuvchisi uchun 8 mln evro va qo‘shimcha 2 mln evro bonus, jami 10 mln evro taklif qilmoqda. Ammo ularning bu takliflarini “shaharliklar” qabul qilmayapti.
“Siti” Garsiyaning transferini 30 mln evroga baholamoqda va bu narxni tushirmoqchi emas. “Barsa” ayni damda bu qadar katta mablag‘ to‘lay olmaydi, ammo tez orada o‘z taklifini biroz yaxshilashi kutilmoqda.
Fikrlar