"Barselona" futbolchisi Frantsiyaga ko‘chib o‘tishi mumkin

  • 27 noyabr, 19:12
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona"da ijara asosida to‘p tepayotgan Markus Reshford faoliyatini Liga 1 da davom ettirishi mumkin.

Tecno

"Fichajes" nashri bergan xabarlarga ko‘ra, angliyalik futbolchining xizmatlariga Evropa Chempionlar ligasining amaldagi chempioni PSJ klubi qiziqish bildirmoqda. Transfer huquqi "Manchester Yunayted"ga tegishli bo‘lgan Reshford uchun Parij klubi 50 million evrodan voz kechishga tayyor ekanini ma’lum qilgan. Kataloniyaliklar esa vingerni 35 millionga sotib olish huquqiga ega. 28 yoshli futbolchining mankunyanliklar bilan amaldagi shartnomasi  2028 yilning yozida yakuniga etadi.

Ma’lumot uchun, Markus joriy mavsumda barcha turnirlarda umumiy 17 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!