
"Barselona" futbolchisi Flikning kuchli tomonini aytdi
"Barselona" yarim himoyachisi Dani Olmo jamoa bosh murabbiyi Xans-Diter Flikning faoliyatiga yuqori baho berdi. Ta’kidlash kerakki, "ko‘k-anorranglilar" nemis mutaxassisi qo‘l ostida dastlabki oylarni muvaffaqiyatli o‘tkazishdi. Jamoa yorqin, samarali futbol namoyish etgan holda La Liga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
“Flik o‘z fikrlarini zo‘r ifodalaydi – jamoa uning g‘oyalarini mukammal tushunadi. Murabbiy hamma narsani to‘g‘ri bajaryaptimi, demak biz hammamiz bir safdamiz. Boshqa odamlar singari, Flik ham ba’zida hazillashib, kulishi mumkin, lekin u juda talabchan. Ish vaqtida, biz bu masalaga jiddiylik bilan yondashamiz”, - dedi ispaniyalik futbolchi.
Xans-Diter Flik "Barselona"ni joriy yil yozida qabul qilib oldi. U bungacha Myunxenning "Bavariya" klubi va Germaniya terma jamoasida faoliyat yuritgan.
Fikrlar