
"Barselona" Felishni o‘z tarkibiga qo‘shib olish yo‘lini topdi
"Atletiko" Madrid hujumchisi Joau Felish faoliyatini "Barselona"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Mark Martines xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, "ko‘k-anorranglilar" futbolchini bir mavsumga 10 million evro evaziga ijaraga oladi va uning maoshini 70 foizini to‘lab beradi. Shuningdek, shartnomada 50 million evroga majburiy sotib olish optsiyasi mavjud bo‘lishi kutilyapti.
Avvalroq, portugal "Barselona"da to‘p tepish bolalikdagi orzusi ekanligi haqida gapirgandi.
Fikrlar