“Barselona” Fatini o‘ynatishga qo‘rqyapti

  • 15 sentabr, 2024, 09:28
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” murabbiylar shtabi jarohatidan qutilgan Ansu Fatini maydonga tushirishni paysalga solyapti.

Tecno

Tibbiyot xodimlari hujumkor futbolchi xizmatidan navbatdagi uchrashuvlarda foydalanish mumkinligi to‘g‘risida ijobiy xulosa bergan. Lekin bosh murabbiy Xans-Diter Flik Fani o‘ynatishga shoshilmaslikka qaror qildi.

Murabbiylar shtabi iste’dodli o‘yinchi hali bahslarga kirishishga to‘liq tayyor emas, deb hisoblayapti. Qolaversa, Fati umumiy guruhda hali biror marta to‘liq mashg‘ulot o‘tkazgani yo‘q.

Flik 21 yoshli iste’dod egasiga puxta tayyorgarlik ko‘rishi uchun yana vaqt ajratadigan bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!