
"Barselona" Evro chempionlarini tarkibga yig‘moqchi
"Barsa" Merino transferi ustida ishlamoqda va "Sosedad"ga 20 million evro taklif qilishi mumkin.
"AS" xabariga ko‘ra, Kataloniya klubi "Real Sosedad" yarim himoyachisini qo‘lga kiritish ustida ishlamoqda. "Barsa" 20 million evrolik birinchi taklifni ko‘rib chiqmoqda.
Agar klublar transfer bo‘yicha kelishib olsa, futbolchining o‘zi "blaugrana"ga o‘tishga tayyor. Dani Olmo yoki Niko Uilyams "Barselona"ning ustuvor maqsadlari bo‘lib qoladi.
Avvalroq, Merino "Arsenal"ga o‘tishga rozi bo‘lgani xabar qilingandi.
Fikrlar