
“Barselona” de Yongga APLning grand klubidan o‘rinbosar topdi
Kataloniyaning “Barselona” Frenki de Yong o‘rniga “Arsenal”ning tayanch yarim himoyachisi Tomas Partini olib kelishi mumkin.
Xabaringiz bor, Frenkining qishki transferlar oynasida klubni tark etishi kundan-kunga oydinlashib bormoqda. Shu sababli, klub rahbarlari futbolchining o‘rniga yangi yarim himoyachi izlashni boshlab yuborishgan.
“Mundo Deportivo” nashrining xabar berishicha, hozirda “ko‘k-anorranglilar” uchun Parti eng yaxshi variant sifatida ko‘rilmoqda. Manbaga ko‘ra, Ispaniya klubi tez orada londonliklar bilan muzokara olib borishga tayyorlanmoqda. Shu bilan birga ganalik havbek ham ispaniyaga qaytishga qarshi emas.
Ma’lumot o‘rnida, 31 yoshli o‘yinchi bu mavsum “to‘pchilar” safida 26 ta o‘yinda ishtirok etib, 2 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilishga ulgurdi. Uning “kanonirlar” bilan shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi.
Fikrlar