
"Barselona" Buskets o‘rniga 7 nafar futbolchi nomzodini ko‘rib chiqmoqda
"Barselona"ning yozgi transfer bozoridagi maqsadlaridan biri Serxio Busketsning o‘rniga yarim himoyachi sotib olish hisoblanadi. Jurnalist Jerar Romeroning xabar berishicha, Kataloniya klubi bu borada 7 nafar nomzoddan iborat ro‘yxatni tuzgan. Ushbu ro‘yxatga quyidagi futbolchilar kiradi:
Martin Subimendi (“Real Sosedad”), Gido Rodriges (“Betis”), Artur Vermiren (“Antverpen”), Ruben Nevesh (“Vulverxempton”), Sofian Amrabat (“Fiorentina”), N’Golo Kante (“Chelsi”) va Oriol Romeu (“Jirona”).
Ta’kidlash kerakki, jamoa bosh murabbiyi Xavi Ernandes yaqinda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanlarining birida Subimendini yuqori baholagandi.
Fikrlar