"Barselona" "Ayaks"da porlayotgan Muhammadni xarid qilmoqchi

  • 30 yanvar, 2023, 23:01
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Ayaks" yarim himoyachisi Muhammad Qudus faoliyatini "Barselona"da davom ettirishi mumkin. 

Kataloniyaliklarning sport direktori Xordi Kroyf ganalik futbolchini jamoada ko‘rmoqchi. Ammo bu transfer qishki transfer vaqtida amalga oshmaydi.

Amsterdamliklar Qudus transferidan kamida 45 million evro ishlab olmoqchi. "Barsa"ning hozirgi moliyaviy holati bu xaridni amalga oshirishga imkon bermaydi.

Ma’lumot uchun, Muhammad joriy mavsum 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urgan va ikki golga assistentlik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!