"Barselona" afsonalarining Markaziy Osiyo yulduzlariga qarshi o‘yin uchun qaydnomasida biz kutgan nomlar yo‘q! (Foto)

  • 12 avgust, 2023, 19:02
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

30 avgust kuni Qirg‘iz Respublikasining Jalolobod shahrida “Barselona” akademiyasi filialining ochilish marosimi bo‘lib o‘tishi borasida xabar bergandik.

Tecno

Ushbu ochilish marosimida “Barselona” klubining sobiq vakillari, Markaziy Osiyo terma jamoasi jumladan, Qirg‘iz Respublikasi, O‘zbekiston va Turkmaniston futbol faxriylariga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Uchrashuv 20:00da boshlanadi. 

Bir necha kun avval bellashuvda ishtirok etadigan ikki jamoa tarkibi ma’lum qilingandi. Unda O‘zbekiston nomidan Mirjalol Qosimov o‘ynashi, Ravshan Ermatov va Abduhamidullo Rasulov hakamlik qilishi belgilangandi.

Shuningdek, kataloniyaliklar safida Karles Puyol, Rivaldo va Ronaldino kabi yulduzlar bor edi. Ammo "Barselona" rasmiy saytida chop etilgan ro‘yxatda nomi tilga olingan 3 futbolchi yo‘q.

photo_2023-08-10_22-10-04

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!