
"Barselona" 60 million evrolik futbolchini "rassrochka"ga olmoqchi
"Barselona" o‘z tarkibini yarim himoyachi bilan kuchaytirmoqchi.
Ma’lum bo‘lishicha, kataloniyaliklar "Real Sosedad" vakili Martin Subimendining xizmatiga qiziqish bildiryapti. E’tiborlisi, jamoa futbolchining transfer summasini bo‘lib-bo‘lib to‘lashni istamoqda. "Ko‘k-anorranglilar" uni "Vulverxempton" a’zosi Ruben Neveshga o‘rinbosar sifatida ko‘ryapti.
Biroq san-sebastyanliklar bunga qarshi. Klub rahbarlari Martin uchun 60 million evroni darhol to‘lashni talab qilmoqda.
23 yoshli yarim himoyachi "Sosedad" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U joriy mavsum 17 uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 1 gol va 2 assistni yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar