
"Barselona" 18 yoshli argentinalik futbolchi bilan shartnoma imzoladi
Kataloniyaning “Barselona” klubi “Boka Xuniors” himoyachisi Santyago Ramos bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 18 yoshli argentinalik futbolchi “ko‘k-anor ranglilar” bilan “3+2” ko‘rinishida shartnoma imzolagan. Hozircha u “Barselonu V”da to‘p suradi. Uning tovon puli esa 60 mln evroni tashkil etadi. Agar Ramos asosiy jamoaga o‘tsa, ushbu summa o‘z-o‘zidan 100 mln evroga oshiriladi.
Fikrlar