"Barselona" 10 ta futbolchisini yo‘qotishi mumkin

  • 21 mart, 20:58
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" hanuzgacha moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqda. "Mirror" nashrining xabariga ko‘ra, moliyaviy muammolar sababli kelayotgan yozda kataloniyalik klub 10 nafar futbolchisini yo‘qotishi mumkin.

Tecno

 Gap 30 iyungacha amaldagi shartnomasi tugaydigan "Barselona B" futbolchilar haqida ketmoqda. Ushbu futbolchilar erkin agent sifatida klubni tark etishlari ehtimoli bor.

Shuni ta’kidlash kerakki, "Barselona" moliyaviy muammolarga bir necha yildan beri duch kelmoqda. 2021 yilda kataloniyaliklar Lionel Messidan voz kechishga majbur bo‘lishgan, joriy mavsum esa klub bir necha futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazishda muammolarga duch kelgan.

"Barselona" navbatdagi o‘yinini payshanba, 27 mart kuni o‘z maydonida "Osasuna"ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!