
“Barsa”ning uch futbolchisi Flikka “bosh ko‘tardi”!
“Barselona” Ispaniya chempionatida peshqadamlik qilayotgani qaramay, bosh murabbiy Xans-Diter Flik ichki muhitda o‘ziga yarasha bosimlarga duch kelmoqda.
Fichajes nashrining ma’lum qilishicha, etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgan uch nafar futbolchi bosh murabbiy qarorlariga o‘z noroziligini bildira boshladi.
Ansu Fati:
Ansu Fati oxirgi uchrashuvlardan biri chigalyozdi mashqlarini bajarganiga qaramay, yana o‘yinga tushirilmadi. “Messining vorisi” o‘ziga bo‘layotgan munosabatdan norozi. Ayrim ekspertlar Flik bu futbolchining iste’dodiga etarli darajada e’tibor qaratmayotganini tanqid ostiga olmoqda.
Gektor Fort:
Yosh himoyachi ham unga imkoniyat bermayotgan bosh murabbiyga e’tirozlarini ochiqchasiga namoyon qila boshladi. Flik Fort o‘rniga kelasi mavsum uchun boshqa o‘yinchi olishi kutilyapti.
Ferran Torres:
Ferran Torres ham Flik jamoasida o‘zini begonadek his qilmoqda. Ayniqsa, maydonda eng zo‘r o‘yinchilardan bo‘lganiga qaramay, uni zaxiraga erta olishayotgan Torresga umuman yoqmayapti.
Fikrlar