
“Barsa”dan ketgan yulduz uchta superklubdan taklif oldi
“Barselona” uzoq yillik futbolchisi Jordi Alba bilan xayrlashishga qaror qilgan. Kataloniyaliklar maoshlarni qisqartirish maqsadida katta mablag‘ olayotgan yulduzlarga javob berib yuboryapti.
Xususan, Albaning shartnomasi kelasi mavsum oxirigacha tuzilganiga qaramay, tomonlar hamkorlikni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
34 yoshli himoyachi ishsiz qolmaydigan bo‘lyapti. Manbalarda qayd etilishicha, “Atletiko”, “Benfika” va “Inter” tajribali futbolchiga ish berishga tayyor. Bu haqda jurnalist Fernando Polo ham xabar tarqatdi.
Alba “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Lekin klubni 2005 yili tark etib, etti yildan keyin yana Kataloniyaga qaytgan.
Shu paytga qadar u 459 ta uchrashuvda qatnashib, 27 ta gol va 99 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.
Fikrlar