
“Barsa”da vaziyat o‘zgardi
Bosh murabbiy Ronald Kuman jamoadan “quruq” ketishni istamayotgan Luis Suares haqida fikr bildirdi. Unga ko‘ra, niderlandiyalik mutaxassis urugvaylik to‘purarga imkon berishga tayyor ekan.
- Ertalab Luis bilan gaplashdim. Qani ko‘ramiz, u ketarmikan. Biz shartnomani hurmat qilamiz. Men bu erga kelgan dastlabki kunimdan Suares qoladigan bo‘lsa, u jamoaning bir bo‘lagi bo‘lishini istaganman, - deydi Ronald Kuman.
Klub rahbariyati jamoani yoshartirish maqsadida Lionel Messidan boshqa yoshi katta futbolchilarni transferga qo‘ygan. Ular orasida 33 yoshli Suares ham bor. Lekin Luis kelasi yil yozgacha davom etadigan shartnomani buzish uchun klubdan 25 million evro kompensatsiya talab qilyapti.
Fikrlar