
“Barsa” yangi to‘purar topdi
“Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandes jamoa tarkibini ko‘p gol ura oladigan hujumchi bilan kutaytirmoqchi.
Kataloniyaliklar ana shu maqsadda “Feyenoord”da porlayotgan meksikalik hujumchi Santyago Ximenesni jiddiy kuzatib kelmoqda. Bu haqda ESPN jurnalistlari xabar tarqatdi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Ximenesni qo‘lga kiritish “Barselona” uchun ham oson bo‘lmaydi. Chunki 22 yoshli forvardning xaridorlari ko‘payib bormoqda va niderlandiyaliklar o‘yinchi uchun katta miqdorda badal puli talab qiladi.
Ximenes Niderlandiya chempionatining o‘nta uchrashuvida raqiblar darvozasini 13 marta ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga uchta golli pas uzatdi.
Fikrlar