“Barsa” va “Real” transfer bozorida ham to‘qnashmoqda

  • 17 mart, 2021, 20:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya chempionatidagi ashaddiy raqiblar – “Barselona” va “Real”ning manfaatlari transfer bozorida ham kesishib qoldi.

Tecno

Har ikki klub yozgi transferlar vaqtida “Leyptsig” markaziy himoyachisi Ibraim Konateni qo‘lga kiritishni istamoqda.  

“Qirollik klubi” 21 yoshli frantsiyalik futbolchini bir yarim yildan beri kuzatmoqda va o‘tgan yozda uni xarid qilmoqchi bo‘lgandi. Biroq, Konatening jarohat olib, uzoq muddatga safga chiqqani bunga yo‘l qo‘ymadi.

“Barselona” tarkibini yangilash maqsadida Konateni Jerar Pike va Samyuel Umtitining o‘rniga olib kelishni rejalashtirgan. Kataloniyaliklar uni uzoq yillar asosiy tarkibda o‘ynatmoqchi.

“Leyptsig” klubi esa yozda Konateni 25-30 million evroga qo‘yib yuborishga tayyor ekanini bildirgan. Bu o‘yinchiga “Chelsi”,  “Manchester Yunayted”, “Liverpul” va “Arsenaldan” ham takliflar bo‘lmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!