"Barsa" va "Real" iqtidorlarini jamlagan ispanlarni nega yuta olmadik yoxud Evropaning nomdor jamoasi bilan kechgan o‘yin tahlili

  • 14 oktabr, 2023, 09:00
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Hozirgina o‘z yakuniga etgan O‘zbekiston (U-23) va Ispaniya (U-21) terma jamoalari o‘rtasidagi bahs nursiz durang bilan yakunlanganiga qaramay, maydonda chinakam to‘qnashuv guvohiga aylandik...

Tecno

O‘yinga tanlangan sxema: O‘zbekiston 4-3-3 / Ispaniya 4-3-3.

UZB

spain

Timur Kapadze bugun jahon futbolidagi trendda bo‘lib turgan barcha elementlar jamoasida bor ekanligini ko‘rsatib bera oldi. Yuqori pressingda harakat qiladigan jamoaga qarshi o‘yinda biz "sochilib" ketganimiz yo‘q. Hatto, yakunda (52/48) kichik ustunlik bilan to‘pni ko‘proq ham nazorat qilishga muvaffaq bo‘ldik. Bahsni "jangavor" ruhda boshlagan yigitlarimiz ilk 20 daqiqalikni juda yuqori tempda o‘tkazdi. Bizdan bunday keskinlik va zamonaviy futbol kutmagan ispanlar engil "mondraj"ni his qilgani aniq. O‘yinni tomosha qilmaganlar uchun o‘yindagi eng xavfli vaziyatlar aks etgan videorolik havolasini qoldiraman.

Biz esa bellashuv davomida sodir bo‘lgan 2-3 epizodni ko‘rib chiqamiz.

Birinchi bo‘lib oxirlariga borib, katta kuch bilan oldinga o‘tishni boshladik. Aslida, 4-3-3 sxemasining asosiy fishkasi sanalgan bir yo‘la 6 futbolchining hujum chizig‘ida paydo bo‘lishi oldingi chiziqda variantlar ko‘p bo‘lishini ta’minlabgina qolmay, to‘p yo‘qotilganda tezkor qarshi hujum o‘tkazib yuborish xavfini oshiradi. Masalan, 42-daqiqada to‘liq amalga oshmagan Ispaniya (U-21) termasining qarshi hujumiga e’tibor qarating:

42 daqiqadagi xolat - kopiya

Raqib maydon markazida to‘pni olib qo‘ygan holda, bitta pas bilan hujum boshlamoqda. Bu paytda bizning 6 futbolchimiz deyarli o‘yindan tushib qolgan bo‘lsa, ispanlarda hujumni davom ettirishga qodir 4 ta variant to‘pni qabul qilishga tayyor holatda edi. Baxtimizga, uzatma ko‘ngildagidek chiqqani yo‘q.

232

Yana bir e’tiborga molik holat ikkinchi bo‘limning ilk daqiqalarida sodir bo‘ldi. Raqib darvozabon orqali hujum boshlashga shaylanayotgan bir paytda, agressiv erta pressing qo‘lladik. To‘pni o‘z jarima maydonchasi ichida qabul qilayotgan raqibni bir yo‘la 3 futbolchimiz kutib oldi. Natijada, raqib to‘pni yo‘qotdi. Afsuski, katta mehnat evaziga yutib olgan epizodimizni gol bilan tugata olmadik. 

73 daqiqadagi vaziyat - kopiya

Xuddi shunday vaziyat bahsning 73 daqiqasida ham sodir bo‘ldi. Bu safar ham darvozabon to‘pni standart asosida birinchi pas bilan o‘yinga qo‘shmoqchi bo‘ldi, ammo o‘z vaqtida qilingan pressing sababli raqib to‘pni yo‘qotdi. Bosh hakam fol qayd etganiga qaramay, 2-3 soniya ichida bosimni keskin oshirishga qodir ekanligimizni ko‘rib oldik. Bu fishka bizga katta o‘yinlarda hali ko‘p qo‘l kelishi turgan gap.

joylashuv

Ispaniya qanchalar zonalar oralig‘i va chiziqlar o‘rtasida tartibli o‘ynamasin, biz gol kiritish uchun vaziyatlar yarata oldik. Shu bilan birgalikda, 4-3-3 sxemasidan voz kechganimiz yo‘q. Chuqur himoyaga yotib olib, vaqt ham cho‘zmadik. Tezkor va ijrochilari klass borasida o‘zimizdan kuchliroq bo‘lgan raqibga ochiq futbol taklif etdik va uning ayrim qismlarida ustunlik ham qildik. Aynan shu faktor Kapadze boshqaruvidagi yoshlarimizni yakunda durang qayd etishini ta’minladi.

Nega o‘yinning uchinchi qismida bo‘sh harakat qildik?

statistika

Buning birlamchi sababi zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan futbolchilar va asosiy tarkib o‘rtasidagi sezilarli farqning mavjud ekanligi. Kapadze bugun o‘zgarishlardan maksimal darajada foydalandi va bu o‘yin borishiga ta’sir ko‘rsatdi. Raqibda esa aksincha. Zaxiradan o‘yinga qo‘shilganlar tempni oshirish bilan birgalikda, o‘yinni o‘ziga olishga urindi. Aynan uchrashuvning so‘nggi 30 daqiqaligida bu omil ko‘zga tashlandi. Raqib butun bahs davomidagi xavfli hujumlarining 70 foizini aynan shu daqiqalar ichida uyushtirdi. 80-daqiqaga kelib bosim ortgach, biz ikkinchi qavatdan uzatmalar bilan (tavakkal qilmaslik maqsadida) hujum uyushtirishga harakat qildik. Natijada, to‘pni ko‘p yo‘qotdik va o‘yin nazorati ispanlar tomonga o‘tib ketdi. Bizga bu bahsda ochiqchasiga ijrochilar mahorati etishmadi.

egk34ogk43

Bellashuvning ilk daqiqalaridan Abbos Fayzullaev va Alibek Davronov harakat qilganida, balki barchasi boshqacharoq ham bo‘lishi mumkin edi. Boshqa Osiyo jamoalaridan farqli o‘laroq, ispanlar bizga qarshi to‘p uchun kurashda 1/1 (birga bir) o‘ynashga intildi. Bunday hollarda driblingga ega yoki kreativ vingerlar personal qo‘riqchisidan o‘tib, katta zona ochib berishi yoki insaydlardan birini zarba zonasiga olib chiqishi mumkin. Aynan shu faktor sababli birinchi bo‘limda Alisher Odilov o‘z texnikasiga suyangan holda eng faol futbolchilardan biri bo‘ldi. U ikki marotaba jamoadoshlarini zarba yo‘llashi uchun qulay imkoniyat yaratgani so‘zimizga isbot bo‘ladi.

Nimalar xursand qildi?

kego43kg3

Quvonarli tomoni shundaki, bugun Timur Kapadze va uning jamoasi xalqaro darajada o‘tgan o‘rtoqlik o‘yinida hech bir aspektda raqibdan bo‘sh kelgani yo‘q. O‘yin qurish, hujumlarga o‘tish va erta pressingda Evropaning eng kuchli jamoalaridan biri bilan tenmga-teng kurash olib bordik. To‘g‘ri, qaysidir aspektlarda ijrochilar mahorati evaziga raqiblar zarba zonasiga qadar chiqib borgani, hatto gol urish uchun bir nechta imkoniyatga ega bo‘lgani ham rost. Ammo bizda ham darvozani ishg‘ol etish uchun etarlicha "shans" bor edi. Realizatsiya xuddi mehmonlarda bo‘lgani kabi, bizda ham biroz oqsadi. Darvozabonimiz ham ikkita vaziyatda qo‘llab yuborgani fakt. Aslida, o‘zimizdan kuchliroq raqib bilan boshqachasiga o‘ynab ham bo‘lmaydi. Kimdir emas, barcha o‘z bo‘yidan baland sakrashi evaziga yoqimli natijalar qo‘lga kiritiladi.

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Эргашев Файзулло
14/10/2023 10:10
Аббос Файзуллаев нега 23 ёшлийлар таркибида уйнамайди
Shoxrux Nosirjon og'li
14/10/2023 10:40
У катта жамоа уйинчиси энди, испанияда хам худди шундай Педри, Гави, Ямал кабилар йук, улар уже катта терма жамоа даражисига чикиб булишган. Худди шундай Беллингем Родриго, Камавинга, Мусиала еки Хусанов