“Barsa” tarixiy rekord o‘rnatdi. Bunaqasi avval bo‘lmagan!

  • 30 oktabr, 2022, 19:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” Ispaniya chempionatining navbatdagi turida “Valensiya” ustidan g‘alaba qozondi. Kataloniyaliklarga minimal hisobda g‘alaba keltirgan yagona gol o‘yin yakunlanishi arafasida Robert Levandovski tomonidan kiritildi.

Tecno

Bu uchrashuvdan keyin “Barselona” Ispaniya chempionatlari tarixida dastlabki 12 ta uchrashuvdan o‘ntasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan jamoaga aylandi.

Joriy mavsumda Mark-Andre ter Shtegen darvozasiga faqatgina ikki “Real Sosedad” va “Real Madrid” yo‘l topa olgan xolos.

Ichki chempionatda chempionlikka da’vogarlik qilayotgan kataloniyaliklar Evropa Chempionlar ligasida muvaffaqiyatsiz qatnashib, musobaqaning keyingi bosqichiga chiqa olmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!