“Barsa” “Siti”ni duelga chaqirdi

  • 19 may, 2022, 11:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” yozgi tayyorgarlik bosqichida “Manchester Siti” bilan o‘rtoqlik uchrashuvini tashkil qilish borasida ish olib boryapti.

Tecno

Manbalarning ta’kidlashicha, kataloniyaliklar uchrashuv joyi sifatida AQShning Mayami shahrini taklif qilmoqda.

Keyingi paytda tomonlar do‘stona munosabatga ega. Yaqinda klublar Frenki de Yongning transferi muhokama qilgan edi. Undan oldin esa, kataloniyaliklar “shaharliklar” 55 million evroga hujumkor futbolchi Ferran Torresni transfer qilgan edi.

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola sobiq jamoasining taklifiga hali o‘z munosabatini bildirgani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!