
“Barsa” saudiyaliklarga ikki futbolchisini o‘tkazmoqchi
“Barselona” mutasaddilari yozgi transferlar vaqtida bosh murabbiy Xavi Ernandesga kerak bo‘lmay qolgan ijrochilarga yangi jamoa topish borasida ham ish olib borishi kerak.
Sport nashrining yozishicha, ayni paytda Angliya Premer-ligasida ijarada o‘ynayotgan Ansu Fati va Kleman Lengle mavsum yakunlanishi bilan Kataloniyaga qaytadi.
Ularni ijaraga olgan “Brayton” va “Aston Villa” to‘liq transfer qilish huquqidan foydalanmaydigan bo‘ldi.
Kataloniya klubi murabbiylar shtabi ham kelasi mavsumda o‘z tarbiyalanuvchilaridan foydalanmoqchi emas. Rahbariyat Fati va Lengleni Saudiya Arabistoni klublariga o‘tkazish orqali pul ishlab olishni ko‘zlayapti.
Bu transferlardan keladigan mablag‘ Xavi Ernandes tanlagan yangi o‘yinchilarni olishga sarflanadi.
Fikrlar