
“Barsa” qaysar futbolchidan qutilish yo‘lini topdi
“Barselona” xo‘jayinlari anchadan beri jamoaga umuman yordami tegmayotgan Samyuel Umtitidan qutilish yo‘lini qidirmoqda.
Frantsiyalik himoyachi asosiy tarkibdagi joyi va murabbiylash shtabining ishonchini yo‘qotganiga ayncha bo‘lgan. Yozda unga yaxshi jamoalardan chorlov bo‘ldi, biroq u kataloniyaliklar to‘layotgan katta maoshdan voz kecha olmayapti. Zaxirada o‘tirib bo‘lsa ham, shartnomasining oxirigi kunigacha hech qayoqqa ketmoqchi emas.
“Barselona” Umtitiga Turkiya chempionatiga ko‘chib o‘tishni taklif qilyapti. Agar u “Fenerbahche”ga o‘tsa, kataloniyaliklar maoshning teng yarmini to‘lab beradi. Shu tariqa, o‘yinchi o‘zi istaganidek maoshni olishda davom etadi.
Umtiti joriy mavsumda maydonda bir marta ko‘rinish berdi xolos.
Fikrlar