“Barsa” Pikening o‘rniga undan zo‘rini topdi

  • 21 noyabr, 2022, 18:57
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” rahbariyati futbolchilik faoliyatini to‘xtatgan Jerar Pike o‘rnini bosadigan o‘yinchi topdi.

Tecno

Ispan matbuotining yozishicha, kataloniyaliklar “Leyptsig” jamoasi himoyachisi Yoshko Gvardiolni Ispaniya chempionatiga ko‘chirib kelmoqchi. 20 yoshli xorvatiyalik futbolchining “Barselona”ga uzoq muddat davomida xizmat qilish imkoniyati borligi ta’kidlanyapti.

Gvardiol o‘n bir yil davomida Zagrebning “Dinamo” jamoasida tarbiyalandi. 2021 yili “Leyptsig” himoyachini 18,8 million evroga transfrer qildi.

Ayni paytda Gvardiolning transfer narxi 60 million evroni tashkil qilmoqda.  Iste’dodli futbolchi joriy mavsumda barcha turnirlarda 19 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!