“Barsa”: Pike o‘rniga undan zo‘rini olib kelamiz!

  • 30 may, 2022, 14:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Barselona” bosh murabbiyi Xavi jamoaning himoya chizig‘ini yangilashga qaror qildi. Ispaniyalik mutaxassis asosiy markaziy himoyachi sifatida “Napoli” vakili Kalidu Kulibalini tanladi.

Endi klub mutasaddilari senegallik o‘yinchini olib kelish uchun neapolliklar bilan munosabat o‘rnatishiga to‘g‘ri keladi.

Xavi 30 yoshli himoyachini jamoaning etakchisi Jerar Pike o‘rniga o‘ynatmoqchi.

Bir necha mavsum davomida Kalidu Kulibalini grand klublarga sotmagan “Napoli” endi 30 million evrodan yuqori bo‘lgan har qanday taklifni ko‘rib chiqishga tayyor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!