
“Barsa” “odamgarchilik” qildi va futbolchining narxi 20 dan 500 millionga oshdi
“Barselona” rahbariyati og‘ir jarohat olib, bir yilga safdan chiqqan Mark Bernal bilan rasman yangi shartnoma imzoladi.
Kataloniyaliklar iqtidorli o‘yinchi jamoaga yordam bera olmayotgan bo‘lsa-da, unga ishonishlarini shu tariqa namoyish qildi.
AS nashrining yozishicha, klub mutasaddilari 17 yoshli yarim himoyachining ota-onasi bilan hamkorlikning barcha jihatlarini kelishib olgan va futbolchining jarohatiga qaramay, uning maoshini oshirgan.
“Barselona” xo‘jayinlari Bernal jamoada uzoq muddat qolishini istayapti. Shu bois, ular iste’dodli futbolchining badal pulini 20 million evrodan 500 million evrogacha ko‘tardi va shartnomaga belgilab qo‘ydi.
Kataloniya klubi xo‘jayinlari asosiy tarkib o‘yinchilari bo‘lgan Lamin Yamal va Pau Kubarsi qatori Mark Bernal ham kelajakda jamoa muvaffaqiyatlarida asosiy rol o‘ynashiga ishonmoqda.
Fikrlar