
“Barsa” niyatiga etolmadi!
“Ayntraxt”ning 17 yoshli hujumchisi Fabio Blanko “Barselona” nishoniga tushdi. Biroq, iste’dodli futbolchi Kataloniya klubiga o‘tishni istamadi va faoliyatini Bundesligada davom ettirishga qaror qildi.
Shunga qaramay, kataloniyaliklar maqsadidan qaytgani yo‘q va yozda yosh futbolchini ijaraga olishga harakat qilib ko‘radi. Agar tomonlar kelisha olsa, “Barselona” keyinroq Blankoni to‘liq transfer qilishi mumkin bo‘ladi.
Fabio Blanko ayni payta 750 ming evroga baholanmoqda va uning “Ayntraxt” bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yozigacha davom etadi.
Fikrlar