“Barsa” Niko Uilyamsdan nega yuz o‘girgani ma’lum bo‘ldi

  • 18 aprel, 11:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Barselona” o‘tgan yili yozda “Atletik” etakchisi Niko Uilyamsni qo‘lga kirita olmadi. Biroq kataloniyaliklar bu ishni 2025 yilning yoziga qoldirgan  edi.

Marca nashrining yozishicha, “Barselona” mutasaddilari bu tranferdan voz kechishga qaror qildi.

Klubning bu to‘xtamga kelishiga bir necha sabab borligini aytilmoqda. Eng katta masala, moliyaviy imkoniyatlarga borib taqaladi. Klubning iqtisodiy ahvoli Niko Uilyamsni transfer qiladigan darajada emas.

Manbaning ta’kidlashicha, kataloniyaliklar boshqa pozitsiyalarni kuchaytirish muhimroq, degan xulosaga kelgan. Asosiy maqsad – Jyul Kundeni o‘rnini bosa oladigan o‘ng qanot himoyachisini olishdan iborat.

Transferlar bo‘yicha ekspertlarning taxminiga ko‘ra, bilbaoliklar etakchisi Niko Uilyams joriy mavsumdan keyin Angliya Premer-ligasiga yo‘l oladi. Hujumkor futbolchini “Arsenal” transfer qilishga tayyor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!