“Barsa” “Milan”ning chempion bo‘lishiga yordam beradimi?

  • 26 yanvar, 2021, 23:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 Joriy mavsumda chempionlikni qo‘lga kiritishga harakat qilayotgan “Milan” rahbariyati himoya chizig‘ini mustahkamlashga qaror qildi.

Tecno

Ana shu maqsadda milanliklar o‘z tarkibiga “Barselona”ning ikki himoyachisi – frantsiyalik Samyuel Umtiti va ispaniyalik Xunior Firponi olib o‘tmoqchi.

Xabarlarga ko‘ra, tomonlar muzokarani boshlagan va bu masala qishki transferlar davrida o‘z echimini topishi kerak.

Har ikki himoyachining shartnomasi bir necha yil davom etishiga qaramay, Ronald Kuman ularni asosiy tarkibga kiritmagani tufayli, klub rahbariyati futbolchilarni boshqa jamoaga qo‘yib yuborishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!