“Barsa”: Mana shu uch futbolchi sotilmaydi!

  • 12 yanvar, 2024, 16:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” rahbariyati bir necha yildan beri davom etib kelayotgan moliyaviy inqirozdan qutilishi uchun tarkibdagi har qanday futbolchini sotib yuborishi mumkin.

Tecno

Sport.es sayti, kataloniyaliklar uch nafar futbolchidan tashqari har qanday o‘yinchiga tushadigan taklifni ko‘rib chiqishga tayyorligini yozmoqda.

Bosh murabbiy Xavi Ernandesga jamoaning muvaffaqiyatli o‘yinlarini ta’minlash uchun yaqin kelajakda yarim himoyachilardan Gavi va Pedri, shuningdek himoyachi Ronald Arauxo tarkibda bo‘lishi shart.

Rahbariyat shu uch nafar futbolchidan tashqari, boshqalarni sotib yuborishi jamoa o‘yiniga sezilarli darajada ta’sir qilmaydi.

Gavi, Pedri va Arauxoning klub bilan shartnomalari 2026 yilning yozigacha davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!