
“Barsa” katta transferga ko‘nmadi
“Berselona” rahbariyati bosh murabbiy Xavi Ernandesga kerak bo‘lmay qolgan hujumchi Per-Emerik Obameyangni “Chelsi”ga qo‘yib yubormadi.
“Aristokratlar” 33 yoshli to‘purar uchun 15 million evro va kataloniyaliklarni qiziqtirayotgan himoyachi Markos Alonsoni taklif qilgan edi.
“Barselona” Obameyangni 30 million evroga baholamoqda va transferni faqat pul to‘lovi orqali yopilishini talab qilyapti.
Gabonlik forvard joriy yil boshida “Arsenal”dan “Barselona”ga erkin agent sifatida ko‘chib o‘tgandi. U Ispaniyadagi faoliyati davomida 24 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini 13 marotaba ishg‘ol qildi.
Fikrlar