
“Barsa” ikkita transferni amalga oshirmoqchi
“Barselona” tarkibni kuchaytirish maqsadida ikki futbolchini taklif qilishni rejalashtirmoqda.
Ayni paytda kataloniyaliklar “Chelsi” vakili Markos Alonso va “Valensiya” etakchisi Xosa Gayining transferi ustida ish boshlashga tayyorgarlik ko‘ryapti.
Ronald Kuman bu ikki futbolchi ishonchni oqlay olmayotgan Xunior Firpo va yoshi o‘tib borayotgan Jordi Albaning o‘rnini egallashi kutilmoqda.
Xose Gayining “Valensiya” bilan shartnomasi 2023 yilning yozigacha davom etadi. Biroq, “Valensiya” moliyaviy inqiroz tufayli 25 yoshli futbolchini 30 million evroga sotib yuborishga rozilik bergan.
20 yoshli Markos Alonsoning ham “Chelsi” bilan shartnomasi yana ikki yildan oshiqroq davom etadi. Uning transferi 13 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar