"Barsa" hujumchisini Londonda kutishmoqda

  • 1 aprel, 2020, 22:01
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning “Vest Xem” klubi “Barselona” hujumchisi Martin Breytueyt bilan qiziqib qoldi.

Tecno

Daily Mail nashrining yozishicha, “bolg‘achilar” 28 yoshli daniyalik futbolchi uchun kataloniyaliklarga 15 million funt to‘lashga tayyor. Unga shuningdek, “Everton”dan ham takliflar bor.

“Barselona” Breytueytni qishki transfer oynasi yopilgach “Leganes”dan 18 mln evro evaziga sotib olgan edi. Luis Suaeres va Usmon Dembele kabi hujumchilar jarohat olishgach, La Liga rahbariyati kataloniyaliklarga hujumchi sotib olish imkoniyatini berishgan edi.

Shu bois, “Barsa” rahbariyati Breytueytni sotib olgan narxidan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!