"Barsa" himoyasida yo‘qotish!

  • 8 noyabr, 2023, 15:53
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" himoyachisi Ronald Arauxo Evropa Chempionlar Ligasi guruh bosqich “Shaxtyor”ga qarshi o‘yinda jarohat oldi (Uchrashuv “Barselona”ning 0:1 hisobidagi minimal mag‘lubiyati bilan yakunlandi). Uchrashuv yakunida urugvaylik futbolchi chap sonini ushlab, oqsoqlanib qoldi. Shunga qaramay, u final hushtagi yangraguncha maydondan olinmadi.

Tecno

"Sport.es" nashri xabariga ko‘ra, 24 yoshli himoyachi tez orada tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va undagi jarohat tafsilotlari ma’lum bo‘ladi.   

Ma’lumot uchun, Ispaniya La Ligasining joriy mavsumida Arauxo ettita o‘yin o‘tkazib, bitta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!