
“Barsa” futbolchisi ikki baravar ko‘p maosh olish imkonidan voz kechdi
“Barselona” markaziy himoyachisi Ronald Arauxo faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirish imkoniyatidan foydalanmadi.
Sport.es saytining ma’lum qilishicha, 24 yoshli futbolchi “Manchester Yunayted”ning taklifini qabul qilmadi. Angliya grandi urugvayli futbolchining maoshini ikki baravar oshirishni va’da qilgandi.
Biroq Arauxo maqsadi “Barselona”da qolish ekanini ta’kidlab, manchesterliklarga rad javobini birdi.
Ronald Arauxo kataloniyaliklar asosiy tarkibida 2020 yildan beri o‘ynayapti. Uning shartnomasi 2026 yilning yarmigacha davom etadi.
Fikrlar