
"Barsa" futbolchisi Frantsiyaga ko‘chib o‘tishi mumkin
"Barselona" futbolchisi Martin Breytveytga Liga 1ning "Marsel" klubidan qiziqish bo‘lmoqda. Keyingi transferlar oynasida ushbu xarid amalga oshishi mumkin.
Breytveyt katalon klubini tark etishni istamayapti. Ammo "ko‘k-anorranglilar" uning o‘yinidan ko‘ngli to‘lmayotgani haqida xabarlar chiqmoqda.
Martin joriy mavsum La Liganing 4 bahsida 2 gol va 1 assist muallifiga aylangan. U "Transfermarkt" portalida 6 million evroga loyiq ko‘rilgan.
Fikrlar