
“Barsa”ning qarori futbolchilarda katta norozilik tug‘dirdi
Mundo Deportivo nashrining xabar berishicha, “Barselona” rahbariyati moliyaviy inqiroz oqibatlarini yumshatish uchun futbolchilarning aksariyatini maoshini teng yarmiga qisqartirishga chaqirmoqda. Agar shunday qilinmasa, klub yangi o‘yinchilarni ro‘yxatdan o‘tkaza olmaydi.
Shunga qaramay, bu qaror shartnomasini yangilagan imzolagan o‘yinchilarga ta’sir qilmaydi. Bular hujumchi Ansu Fati, yarim himoyachi Pedri va himoyachvi Ronald Arauxodir.
Klubga yaqinda kelgan hujumchi Per-Emerik Obameyang, hujumkor futbolchi Ferran Torres va himoyachi Dapni Alveshning maoshi o‘zgarishsiz qoladi. Chunki ular bilan bitim tuzishda klubning hozirgi moliyaviy holati inobatga olingan.
Klub rahbariyati agar qaysi futbolchi maoshini pasayishiga rozilik bermasa, o‘ziga boshqa ish topishiga to‘g‘ri keladi.
“Barselona” mutasaddilarining bu qarori aksariyat o‘yinchilarga yoqmayapti. Chunki o‘tgan yillar davomida bir necha futbolchining maoshi teng yarmiga qisqartirilgan edi.
Fikrlar