
“Barsa”: Bu o‘yinchini 80 million evroga ham sotmaymiz!
“Bavariya” rahbariyati himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun “Barselona” himochisi Ronald Arauxoni nishonga olgan edi.
Myunxenliklar urugvaylik futbolchi transferini 70 million evroga amalga oshirmoqchi bo‘ldi.
Taniqli jurnalist Florian Plettenberg xabariga ko‘ra, kataloniyaliklarga bu taklif ma’qul kelmagan. Joan Laporta klubi 24 yoshli o‘yinchini 80 million evroga ham sotmasligini ma’lum qilgan.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Arauxoning shartnomasida uni transfer qilish imkonini beradigan badal summasi ko‘rsatilgan band yo‘q. Bu holat “Bavariya”ga rejalarini amalga oshirishga sezilarli darajada halaqit beradi.
Fikrlar