
"Barsa" bu hujumchisini sotib muammolardan qutulmoqchi
"Barselona" vingeri Ferran Torresga Angliya klubi qiziqish bildirmoqda.
Kataloniya grandi rahbariyati moliyaviy vaziyatni barqarorlashtirish uchun yozgi transfer oynasi yopilgunga qadar bir qancha futbolchilar bilan xayrlashmoqchi. Chiqish uchun nomzodlardan biri Ferran Torresga “Nyukasl” qiziqmoqda. “Football Insider” xabariga ko‘ra, “qarg‘alar” “Evro-2024” chempioniga 30-35 million evrolik taklif tayyorlamoqda.
2022 yil boshida “Barselona” ispaniyalik futbolchini “Manchester Siti”dan 55 million evroga sotib olgandi. Endi futbolchining “Transfermarkt”dagi narxi 30 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar