
“Barsa” beshta futbolchiga chiqish eshigini ko‘rsatdi
“Barselona” moliyaviy ahvolni o‘nglash uchun bir necha futbolchilarini sotib yuborishga qaror qildi. Kataloniyaliklar bir necha yillardan beri klub iqtisodiyotini o‘nglash uchun kurashib keladi.
Klub xo‘jayini Joan Laporta sport direktori Dekuga o‘yinchilar savdosidan klub g‘aznasiga kamida 80 million evro tushirish topshirig‘ini berdi.
Diario Sport nashrigi ko‘ra, Deku yozda sotib yuboriladigan futbolchilar ro‘yxatini tuzib qo‘ygan va mavsumdan keyin rejasini amalga oshirish harakatlarini boshlaydi.
Manbaga ko‘ra, klub himoyachilardan Erik Garsiya va Andreas Kristensen, yarim himoyachilardan Frenki de Yong va Pablo Torre, shuningdek, hujumkor futbolchi Ansu Fatini sotib yuboradi.
Fikrlar