
"Barsa" Asensioni o‘z tarkibiga qo‘shib olish fikridan qaytdi
La Liganing 28-tur bahsi "Barsa" - "Real" uchrashuvida mezbonlar kichik kambek amalga oshirib, g‘alaba qozondi. Ushbu o‘yinda Marko Asensio zaxiradan maydonga tushib, Ter Shtegan darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi. Vinger xursandchilikni nishonlaytgan payt qo‘li bilan "Real" logotipiga ishora qildi.
Gol ofsayd sabab hisobga olinmadi va Markoning shodligi uzoqqa cho‘zilmadi. Ammo ushbu nishonlash "Barsa" rahbariyatiga yoqmadi. Klub endi ispanni o‘z tarkibiga qo‘shib olish fikridan qaytdi, deya xabar bermoqda "Diario Sport" nashri.
Ma’lumot uchun, Asensio yozda Madridni tark etishi mumkin. Futbolchi yangi shartnoma borasida jamoasi bilan kelishib olmadi.
Fikrlar