“Barsa” Angliyadan to‘rt yulduzni chorlamoqda

  • 16 noyabr, 2022, 18:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” keyingi paytda jamoa tarkibini erkin agentga aylangan mashhur futbolchilar bilan kuchaytirishga alohida e’tibor qaratmoqda.

Tecno

Ayni paytda Kataloniya klubi mutasaddilari joriy mavsum oxirida shartnomasidan ozod bo‘ladigan futbolchilarni jamoaga jalb qilish bo‘yicha ish olib boryapti.

Xavi Ernandes maydon markazini kuchaytirish uchun to‘rt nafar nomzod tanladi. Ularning bari Angliya premer-ligasida to‘p tepmoqda va 2023 yilning 30 iyunida erkin agentga aylanadi.

“Barselona” vakillari yanvarda Ilkay Gyundog‘an (“Manchester Siti”), Yuri Tilemans (“Lester”), N'Golo Kante (“Chelsi) va Jorjino (“Chelsi”) bilan muzokara qilib, ularni Ispaniyaga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirishni rejalashtirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!