"Barsa" afsonasi 8 ta gol urilgan "el-klasiko"ni yodga oldi

  • 13 oktabr, 2020, 23:35
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Barselona" klubi sobiq sardori Karles Puyol o‘zining sevimli "el-klasiko"si haqida gapirdi.

"Men "Kamp Nou"dagi 2:2 hisobida yakunlangan uchrashuvda debyut qilgan edim. Shunga qaramay, "Santyago Bernabeu"dagi 2:6 hisobida yakunlangan o‘yinni tanlayman. O‘shanda bizga Gvardiola murabbiylik qilar edi. Biz mavsumni yaxshi boshlagandik va o‘sha o‘yin mavsum davomida nimalar qilganimizni ko‘rsatgandi", deya o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi "ko‘k-anorranglilar" afsonasi.

Ispaniyalik fulbek butun faoliyatini kataloniyaliklar safida o‘tkazgan va 15 yil ichida 392 ta o‘yinda "blaugranas" sharafini himoya qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!