"Barchasi reja asosida" - MLS klubi De Bryuyne bilan muzokaralar olib bormoqda

  • 8 yanvar, 19:19
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne MLS ligasining yangi mavsumida debyut qiladigan "San-Diego" jamoasi futbolchisiga aylanishi mumkin. Bu haqda "New York Times" xabar bermoqda.

Xabarda tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar reja asosida borilayotgani aytilgan. Hozircha hech qanday kelishuvga erishilmagan bo‘lsa-da, Amerika klubi barchasi ular kutganidek yakunlanishiga ishonch bildirmoqda.

Ta’kidlanishicha, "San-Diego" De Bryuyne bilan shartnoma imzolashni ustuvor vazifa sifatida belgilab, liganing eng kuchli tarkiblaridan birini shakllantirmoqchi.

Ma’lumot uchun, belgiyalik xavbekning "shaharliklar" bilan amaldagi shartnomasi shu yilning yozida yakuniga etadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!