
Baqoev jamoasining mag‘lubiyatiga izoh berdi
Coca-Cola Superliga 22-turidan o‘rin olgan “So‘g‘diyona” – “Surxon” (0:1) o‘yinidan so‘ng mezbon jamoa bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoev jamoasi qiyin uchrashuvlardan so‘ng hali o‘ziga kelmaganini aytdi:
“O‘yin boshida gol qo‘yib yuborib, keyin vaziyatni o‘nglay olmadik. Vaziyatlar yaratdik, ammo ulardan foydalana olmadik”, - dedi Baqoev.
“Futbolda shunaqasi bo‘lib turadi, gol urmasang yuta olmaysan. Futbolchilarim so‘nggi o‘yinlardan keyin hamon jismoniy va ruhiy jihatdan toliqib qolishdi”, - dedi "bo‘rilar" ustozi.
Fikrlar