
Bahromjon Fozilovning navbatdagi jangi sanasi, manzili va raqibi aniq bo‘ldi
Professional boksning o‘rta vazn toifasida (72,3 kg) WBA Asia kamari egasi hamyurtimiz Bahromjon Fozilov navbatdagi jangini 8 oktyabr kuni Armaniston poytaxti Erevan shahrida o‘tkazadi. Shu kuni unga Frantsiya vakili Nizar Trimek (9-3-2, 4KO) raqiblik qiladi.
Aynan shu kechada boshqa bir bokschimiz Mirzakamol Ne’matov ham rossiyalik Aslanbek Kozaevga (34-3-1, 8KO) qarshi ringga ko‘tariladi.
Eslatib o‘tamiz, Bahromjon Fozilov 15 iyul kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan professional boks oqshomida Diego Ramiresdan ustun kelgan edi.
Fikrlar