Bahodir Jalolovni finalda to‘xtatish uchun osmondan meteorit tushishi kerak!

  • 5 avgust, 2021, 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 4
  • Boks
CHERY AUTO

Olimpiya o‘yinlarining boks musobaqalari har qiluvchi pallaga kirdi. O‘zbekiston terma jamoasi kutilgan natijaga erisha olmadi, bokschilarimizning deyarli barchasi musobaqani erta yakunladi va faqatgina Bahodir Jalolov final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi xolos.

Tecno

Aslida, eng og‘ir vazn toifasida amaldagi jahon va qit’a chempioni bo‘lib turgan bokschimizning finalga chiqishi hech kimga yangilik emas, balki kutilgan natija edi. Yarim finalning ikkinchi raundida hamyurtimizni nokdaun holatiga tushira olgan britaniyalik bokschi Frezer Klarkni Bahodir uchinchi raundda qay ahvolga solgani hammamizga ma’lum.

gettyimages-1332264518-2048x2048

Ko‘pchilik finalda Bahodir Jalolov va uning ashaddiy raqibi – Qozog‘iston terma jamoasi sardori Qamshibek Ko‘nkaboevning to‘qnash kelishini kutgan edi. Biroq, final yo‘llanmasi uchun jangda amerikalik Richard Torres qozog‘istonlik bokschining qovog‘ini yorib yubordi, Ko‘nkaboev ham xuddi Bahodirning raqibi Frezer Klark singari muddatidan oldin taslim bo‘ldi.

Xullas finalda kutilmagan juftlik – Bahodir Jalolov va Richard Torres o‘zaro to‘qnash keladi. Bu bokschilar avval bir marta o‘zaro jang qilgan. 2019 yilgi jahon chempionatida o‘zbek pahlavoni bir zarba bilan amerikalik raqibini chuqur nokautga uchratgan, keyingi kun esa, uni ziyorat qilib, ko‘ngil so‘rashga borgan edi.

photo_133219

Ayni paytda ko‘pchilik mutaxassislar va muxlislar Olimpiya o‘yinlari boks musobaqasining o‘ta og‘ir vazn toifasida bo‘ladigan finalni muhokama qilmoqda. Ana shunday mutaxassislardan biri – Rossiyaning Birinchi kanali shahrlovchisi Aleksandr Sadokovning fikr-mulohazalari e’tiborimizni tortdi. Uni e’tibringizga havola etamiz.

- Rostini aytsam, hozir Bahodir Jalolov Tokioda olimpiya chempioni bo‘lmasligiga birorta sabab ko‘rmayapman.  Faqat “Riogoku Kokugikan” arenasi tomini biror meteorit teshib o‘tib, hammamizni surib ketsa, shunday bo‘lmasligi mumkin...

Bir so‘z bilan aytganda, men hozir Bahodir Jalolov qanday qilib yutqazib qo‘yishi mumkinligini tushunmayapman. Olimpiya qoidalari asosida ringga chiqayotgan superog‘ir vaznli zo‘r bokschilar ko‘pligiga qaramay, ular orasida Bahodir bilan raqobatga yaraydigan birortasi yo‘q.

Bahodir Jalolov ular uchun boshqa darajadagi bokschi va buni tan olish, bir necha kundan keyin olimpiya oltin medalini qo‘lga kiritib, keyin to‘liq professional boksga o‘tib ketishini kutish kerak xolos.

Bahodir Jalolov jahon boksi uchun bu yangi Aleksandr Usikmi? Yo‘q, albatta. U umuman boshqa plandagi bokschi. Hozir og‘ir vazndagi professionallar bayram qilib yuribdi, o‘ylashimcha, ular sekin-asta qo‘rquvni his qila boshlashi kerak. Chunki ularning qarshisiga bir bokschi chiqadi. Albatta, hozircha, Bahodirning Tayson Fyuri, Diontey Uaylder bilan to‘qnashuvlarini muhokama qilmoqchi emasman... Bahodir Jalolov ularning darajasiga etishi bilan, hatto hozirdan aytish mumkinki salohiyati bo‘yicha u kuchli uchlikdagi bokschidir. Balki professional boksning bo‘lajak superyulduzi aynan Bahodirdir, - dedi Aleksandr Sadokov.

19901575_0_161_3071_1888_2072x0_60_0_0_d511c10985866f280034ffc4041b0d19

Bahodir Jalolov havaskorlar boksida barcha nufuzli turnirlarda g‘olib va sovrindor bo‘lgan. U 2015 yili Dohadagi jahon chempionatida bronza medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 2017 yili Ekaterinburgdagi mundialda barcha raqiblarini engib, chempion bo‘ldi. Shuningdek, ketma-ket uch marta Osiyo chempionligiga sazavor bo‘ldi.

Bahodir Jalolov havaskorlar o‘rtasida 86 ta g‘alaba va 11 ta mag‘lubiyat qayd etgan.

8 avgust kuni bo‘ladigan final jangida Bahodir Jalolovdan g‘alaba kutib qolamiz!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
05/08/2021 20:52
Bahoder oldingi janglaridan ham ortiqcha bosim buladi. chunki hammani etiboriga keyin. hamma Bahoderni galabasi ishonib turibti. lekin kup etibor berdim Bahoder urushiga. 100 foiz ishonsa ham ehtiyotkorlik unitmas ekan.
Baxil Alihuja
06/08/2021 17:41
Баходир жуда яхши боксчи булгани билан, жуда хам мехрибон ва кунгли буш йигит! Торрес билан жангда яна нокаут килмаслик учун эхтиёт булса керак, шунинг учун жанг тулик булади. Ва очколар хисобида Жалолов ютади!
&
Турсун Ғани
05/08/2021 15:25
Қозоқнинг Кункабоеви ҳам узаласига тушуб чўзилибди ку АҚШликни муштидан. АҚШлик яна ЖЧдаги Баходирдан еган зарбасини эслаб финалда оёғи қалтираб тушади. Финалдан сўнг яна Токиё шфоҳонасига йўл олиш эҳтимоли бор. Боҳодирни тўҳтата оладигани йўқ. Рус журналисти ҳақ гапни гапирган. Баходир олимпиядадан сўнг Профецеоналларнинг ҳам бир бир додини бериб чиқади ҳали.
&
Ашуров Бахтийор
05/08/2021 14:32
Бу ўрс Садоков ақилдан озганми?!...Биз Жалоловга ишонамиз.Баҳодиржонни Ўзи қўлласин.Амин!!!