
Bahodir Jalolov yosh stol tennischilar bilan uchrashdi
So‘nggi yillarda mamlakatimizda Olimpiya o‘yinlari dasturidan joy olgan sport turlarini aholi o‘rtasida yanada ommalashtirgan holda iqtidorli yoshlarni saralash bo‘yicha qator samarali ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, O‘zbekiston stol federatsiyasi ham yurtimizda mazkur sport turini yanada rivojlantirish iqtidorli yoshlarni saralash va ularni yuksak natijalarni qo‘lga kiritishlari uchun barcha imkoniyatlarni yaratmoqda
Federatsiya yosh sportchilarning g‘alabaga bo‘lgan intilishini yanada oshirish maqsadida boks bo‘yicha havaskorlar o‘rtasida jahon chempioni, professional boksda muvaffaqiyatli ishtirok etayotgan Bahodir Jalolov bilan uchrashuv tashkillashtirdi.
Uchrashuvda Bahodir yosh tennischilar bilan suhbatlashdi. Suhbat davomida ularga charim qo‘lqop ustasi, o‘zining yuqori natijalarga erishish yo‘lida chekkan zahmatlari va g‘alaba uchun ko‘plab jiddiy to‘siqlardan mardonavor o‘tgani haqida so‘zlab berdi. Shunigdek, B.Jalolov o‘zining eng sevimli xobbisi bo‘lgan stol tennisi bilan shug‘ullandi va mazkur sport turi bo‘yicha terma jamoa a’zolari tomonidan o‘tkazilgan mahorat saboqlarida ishtirok etdi.
– Stol tennisi federatsiyasiga mazkur uchrashuvni uyushtirgani uchun o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Mazkur sport turi mening xobbiylarimdan biridir. So‘nggi yillarda stol tennisi juda rivojlanmoqda va yosh tennischilarimizning kelajagi porloq bo‘lishiga ishonaman. , – deydi Bahodir Jalolov.
Fikrlar